Biz haqimizda
“ANGREN BUNYOD FAYZ” MChJ — Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni boshqarish sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida toza hudud
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini takomillashtirish” to‘g‘risidagi PQ-4845-sonli qaroriga muvofiq loyiha amalga oshirilmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda “ANGREN BUNYOD FAYZ” MChJ o‘rtasidagi davlat-xususiy sheriklik bitimiga asosan, viloyatning Olmaliq shahri, Nurafshon shahri, Ohangaron tumani va O‘rtachirchiq tumani kompaniyaga biriktirib berildi.
Kompaniya yagona elektron to‘lov tizimiga ulangan bo‘lib, to‘lovlar shaffof tarzda amalga oshiriladi.
Bizning ustuvor maqsadlarimiz
Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatishda asosiy mo‘ljallarimiz.
01
Belgilangan jadvallarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash
02
Kelib tushgan murojaatlarga tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatish
03
Xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish
04
Hududlarda xizmat ko‘rsatish darajasini 100 foizga yetkazish
05
Ekologiya va atrof-muhitni asrash, sanitar normalarga rioya etish
06
Maishiy chiqindilardan oqilona foydalanib qayta ishlash
Rivojlanish yo‘nalishlari
Qo‘shimcha texnikalar xarid qilish
Ma’nan eskirgan texnikalarni yangisiga almashtirish
Chiqindi konteynerlarni yanada ko‘paytirish
Saralash va qayta ishlash tizimini kengaytirish
100% qamrov darajasini barqaror saqlash
Yuridik tashkilotlar bilan shartnomalarni ko‘paytirish
Hamkorlik qilishni xohlaysizmi?
Yuridik shaxslar uchun shartnoma asosida chiqindi boshqaruvi xizmatlarini taklif etamiz.